“Ona-bola markazi” o‘z faoliyatini boshladi !

Kitob tumanida ayollar va bolalar salomatligiga ixtisoslashgan zamonaviy “Ona-bola markazi” o‘z faoliyatini boshladi. Markazimizda malakali shifokorlar tomonidan sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

“Ona-bola markazi” o‘z faoliyatini boshladi!

Hurmatli Kitob tumani va Qashqadaryo viloyati aholisi!

Sizlarga Kitob tumanida ayollar va bolalar salomatligiga ixtisoslashgan zamonaviy “Ona-bola markazi” o‘z faoliyatini boshlaganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

Markazimizning asosiy maqsadi — ayollarga homiladorlikni rejalashtirishdan boshlab, homiladorlik va tug‘ruq davrida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, onalar va chaqaloqlar salomatligini ishonchli nazorat qilishdir.

Markazimizda quyidagi yo‘nalishlarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi:

• akusher-ginekolog konsultatsiyasi;
• homiladorlikni rejalashtirish va kuzatish;
• zamonaviy diagnostika va ultratovush tekshiruvlari;
• tug‘ruqqa tayyorlash va tug‘ruq xizmatlari;
• tug‘ruqdan keyingi tibbiy kuzatuv;
• yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni ko‘rikdan o‘tkazish;
• chaqaloq parvarishi bo‘yicha tavsiyalar;
• ayollar salomatligini profilaktik tekshirish.

Markazda zamonaviy tibbiy jihozlar, qulay sharoitlar va tajribali mutaxassislar jamoasi sizning xizmatingizda.

Biz uchun har bir ona va bolaning salomatligi, xavfsizligi hamda qulayligi muhim.

“Ona-bola markazi” — ona va bola salomatligi uchun ishonchli manzil!

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani.

Qabulga yozilish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
+998 75 230 01 03

← Yangiliklarga qaytish